Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Anʼanaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari boshlandi

Joriy yilning 22-26 aprel kunlari Respublikamiz bo‘ylab, “Kitobsevar millat” shiori ostidagi anʼanaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Termiz tumani axborot-kutubxona markazida ham ushbu haftalik oldidan tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, yoshi ulug‘ faxriylar, ijodkorlar yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar kitobning hayotimizda tutgan o‘rni, kitobxonlikni targ‘ib etish borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbir davomida taʼlim muassasalarning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan sheʼr, ko‘y-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, eng faol kitobxonlar faxriy yorliq va badiiy adabiyotlar bilan taqdirlanishdi.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar tumandagi taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda davom etadi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs