Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
“Ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish” yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi

Termiz tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi tomonidan “Ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mas’ullari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman IIB, tibbiyot birlashmasi hamda tumandagi maktab direktorlari, psixolog va kutubxonachilari ishtirok etdi.

Seminarda pedagoglarning ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyati oshirish, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashini ta’minlash, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Tadbir so‘ngida Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs