Xabar berilganidek, Termiz tumanida joriy yil hosili uchun ekilgan 2 ming 900 gektar maydondagi g‘allani nes-nobud qilmasdan, o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun 7 ta o‘rim-yig‘im otryadi tashkil etilib, 15 ta zamonaviy kombaynlar jalb qilingan.
Qizg‘in pallada davom etayotgan o‘rimning ayni pallasiga kelib Termiz tumanida o‘z oldiga qo‘ygan marrani zabt etgan fermer xo‘jaliklari soni 6 tani tashkil etmoqda. Xususan, “Ulug‘bek Yunus”, “Cho‘yanchi Gulbahor sardori”, “Eshbobo Gulbahor”, “Bobosh Begzod” va “Islomjon Do‘stlik” fermer xo‘jaliklari o‘z dalalaridan 76 sentnergacha hosil olishga erishishdi.
Eslatib o‘tamiz, tumanda o‘rim-yig‘im mavsumiga start berilgan kunning o‘zida “Ayritom Sardori” fermer xo‘jaligi 20 gektarlik g‘alla maydonidan mo‘l hosil olib, Respublikada birinchilardan bo‘lib, g‘alla sotish rejasini bajargan edi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025