Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Xususan, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi, Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik faoliyatlari bilan tanishildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2024