Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Fuqarolar murojaatiga tez va samarali yechim topish zarur

Tuman fuqarolarining murojaatlarini tinglab, masʼullar ishtirokida yechim topish maqsadida haftaning har dushanba kuni Termiz tumani hokimligi binosida fuqarolar qabuli o‘tkazilib kelinmoqda.

 Bugun, shu maqsadda navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafar fuqaroning yo‘l taʼmiri, moddiy yordam ajratish, uy-joy, ichimlik suvi, elektr energiya va gaz taʼminoti hamda boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.

 Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etib berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs