Prezidentimizning “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda yoshlarning Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish Termiz tumanidagi 3-sonli maktabda “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tumanning 3-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar hamda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida jamolar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Keng tafakkur, kuchli zehn, tezkor topqirlik bahsida g‘olib bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va uning tuman bo‘limi mutasaddilari tomonidan tantanali topshirildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2024