O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-iyundagi “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ 848-sonli Qonuning 9-moddasiga ko‘ra:
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
1. kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
- fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
- ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
- ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa;
2. ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
3. o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4. Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Termiz tumanlaro iqtisodiy sudi raisi D.Jumayev
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025