Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Farzandlikka olish tartiblari

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 164-moddasiga ko‘ra, Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari farzandlikka olinayotganning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.

Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi. Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.

Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, bundan o‘gay ota va o‘gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlaro sudi sudyasi B.Sanayev

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 11 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs