Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiymi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek alohida hollarda jumladan, homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi mavjud bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘z roziligi bilan o‘tkazilishi belgilangan.

Ma’lumki, insonning sog‘lig‘i uning bugungi kuni va kelajak avlodning barkamolligi jamiyatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash vazifasini davlat o‘z zimmasiga oladi.

Shu sababli Oila kodeksi nikoh tuzuvchilarning faqat ularning roziligi bilan, birinchi marotaba nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha ularga maslahat berish davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari tomonidan amalga oshirilishini belgilaydi. Bunday konsultatsiya va tekshirish o‘tkazishdan maqsad tibbiy-irsiy kasalliklardan kelajak avlodni asrash, shunindek bo‘lajak er-xotinlarni oldindan ogohlantirib, ular kasallanishining oldini olishdir.

Tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng ularning har biriga tashhis qo‘yish ularning qanday kasali borligi haqida va u dardning oldini olish, davolash to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bunday ma’lumot fuqaroga uning erkiga asosan beriladi. Kasallikning rivojlanishi ko‘ngilsiz bo‘ladigan bo‘lsa, bu ma’lumot oldindan juda ehtiyotkorlik bilan bildiriladi.

Tekshiruvdan o‘tgan fuqaroning tibbiy hujjatlarida o‘z ifodasini topgan xulosalar tibbiy sir hisoblanadi. U yoki boshqa shaxsga tibbiy yordam berish to‘g‘risidagi fakt ham vrachlik siri hisoblanadi. Tekshiruv natijalari nikohdan o‘tuvchi ikkinchi tomonga faqat tekshiruvdan o‘tgan shaxsning roziligi bilan bildiriladi. Ma’lumot berish vrachlik siri hisoblanib, u fuqaroning roziligisiz berilmaydi.

Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh.X.Eliyev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 11 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs