Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-948-son, 28.08.2024 y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlandi.

Shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi sudyasi A.Shomurodov

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs