Termiz tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami hamda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi.
Maktab hovlisida tashkil etilgan bayram tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar jam bo‘lishdi. Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni mustaqlligimizning o‘ttiz uch yilligi va “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi, ularga yangi o‘quv yilida omadlar tiladi.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, tadbir davomida maktabga ilk marotaba qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘asi" tantanali topshirildi.
Ma'lumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida tumanimizdagi 33 ta umumta’lim maktablarida 20 143 nafar o‘quvchilar o‘qishni boshlashmoqda. Ilk marta maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari 2 105 nafarni tashkil etadi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025