Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish

Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashning eng samarali yo‘li bu – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oxirgi besh yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko‘plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.

Yurtimizda tadbirkorlik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlanayotganligi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga doir qonunchilik bazasi takomillashtirib borilayotganligini ko‘rib-bilib, viloyatimiz fuqarolarining tadbirkorlikka ishtiyoqi tobora ortib bormoqda.

Xususan, Termiz tumanida joriy yilning 1 avgust holatiga tumanda faoliyat yuritayotgan jami korxona va tashkilotlar soni 1458 ta bo‘lib shundan kichik tadbirkorlik sub’ektlari 1287 tani tashkil etadi.Ulardan 198 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari, 170 tasi sanoat, 179 tasi qurilish, 399 ta savdo, 33 ta tashish va saklash  korxonalar  va 308 tasi boshqa turdagi tashkil etadi.

Termiz tumani statistika bo‘limi

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 16 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs