Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tumanda energotejamkor uskunalar joriy etilmoqda

Prezidentimizning “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va raqamli energonazorat tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda sohaga oid qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Termiz tumani hokimligida viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i I.Jumayev hamda tuman prokurori A.Xalikov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda tuman hokimining aloqador o‘rinbosarlari, energetika sohasidagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda yirik elektr energiyasi iste’molchilari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ko‘zlangan rejalarni to‘liq bajarish, energiya resurslarini tejash maqsadida zamonaviy uskunalarning joriy etilishi, bunda yirik elektr energiyasi iste’molchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ishtirokchilarga axborot berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs