Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Fermer xo‘jaliklari, mahalla fuqarolar yig’inlari hamda tashkilotlar rahbarlari diqqatiga!

Termiz tumani statistika bo‘limi tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tashkilotlar rahbarlaridan joriy yil 9 oylik yakuni uchun taqdim etiladigan quyidagi statistik hisobotlarni 2024-yil 5-oktyabr sanasidan kechiktirmay topshirishlarini so‘raydi:

Jumladan:

- Fermer xo‘jaliklari – 4-FX shakli (choraklik) statistika hisoboti;

- Fuqarolarning o‘zining boshqarish organlari – 4-DX shakli (choraklik) statistika hisoboti;

- Tashkilot, korxona va muassasalar – 4-mehnat shakli (choraklik) statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etishlari shart.

Yuqorida qayd etilgan choraklik hisobotlarni my.stat.uz saytidan shaxsiy kabinet orqali yoki Estat-4.0 ilovasidan elektron shaklda taqdim etish mumkin.

 

Eslatma: Statistika hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘gri taqdim etishga O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasi hamda “Ma'muriy javobgarlik to‘grisidagi Kodeks”ining 215-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:

+99893 610 3600
+99894 807 4104

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs