Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Majburiy nikoh uchun qanday javobgarlik belgilangan?

Nikoh tuzish uchun quydagi uchta shart bajarilgan bo‘lishi kerak. Bular, bo‘lajak er-xotinning roziligi, har ikkala tarafning ham nikoh yoshiga yetganligi, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarning mavjud emasligi.

Jinoyat kodeksining 136-moddasiga ko‘ra, ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu modda bilan ayolning ixtiyoriga qarshi turgan har qanday shaxsni, masalan, ayolning otasi, onasi, aka-ukasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarni, hatto erini (nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilgani uchun) javobgarlikka tortish mumkin.

Jinoyat Ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi sudyasi I.Abrayev

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs