Termiz tuman Adliya bo‘limi, aloqador tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar ishtirokida "Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Media tadbirda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ashurov ishtirok etib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, Adliya organlari tomonidan ochiqlik va shaffoflik ta’minlash hamda blogerlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlarni keng targ‘ib yuzasidan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik xususida axborot berib o‘tdi.
Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash eng muhim shartlardan biri ekanligini, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har-bir fuqarolarimizdan qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqiy savodxonlikni va huquqiy bilimlarini oshirish, har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda barcha mas’ul ekanligi haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Matbuot anjumani ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, o‘rtaga tashlangan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025