Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Ochiq muloqot: Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman faollari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tashkilot va idoralar rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — aholining murojaatlari, muammolari va takliflarini tinglash, ularning hal etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishdir.

Muloqot davomida bir qator muhim masalalar, jumladan:

- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish,

- aholi bandligini ta'minlash,

- yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,

- mahalliy tadbirkorlarni rag‘batlantirish,

- sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Tuman rahbari aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni hal qilish borasida tuman hokimligi tomonidan olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Shu bilan birga, muammolarni hal etishda fuqarolar faolligi va davlat idoralari bilan samarali hamkorlik qilish muhim ekani ta'kidlandi.

Ochiq muloqot davomida qatnashchilar savollariga javob olish hamda fikr va takliflarini bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tashkilot va idoralar rahbarlariga muammolarni joyida hal qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbir yakunida tuman rahbari aholining ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etishda kuchli rag‘bat ekanini qayd etdi va bunday ochiq muloqotlar muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’kidladi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs