Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11-oktabr  “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan.

BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 15–19 yosh oralig‘idagi har to‘rt nafar qizdan biri ishlash, o‘qish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas.

Sana munosabati bilan Termiz tumanidagi ta’lim muassasalari, mahalla yig’inlari? Korxona va tashkilotlarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Unda qizlarning o’z bilim va iqtidorlarinin namoyish etishlari uchun turli tanlovlar, davra suhbatlari o’tkazilmoqda.

Tadbirlar kun davomida o’tkazib boriladi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs