Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Yana bir maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshladi

Termiz tumanida bugungi kunda 75 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi. Shundan 17 ta davlat, 1 ta nodavlat, 7 ta davlat-xususiy sheriklik va 50 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi.

Bugun tumanning “Qahramon” mahallasida “Kamalak” nomli 51-sonli nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tumanda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 1 taga ko‘payib, jami 76 taga, nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni esa 51 taga yetdi. Yangidan faoliyatini boshlagan maktabgacha ta’lim tashkiloti 24 nafar bolalarni o‘z bag‘riga qamrab oldi.

Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 7159 nafarni tashkil etadi. Shundan yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisobiga ularning 74,4 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Termiz tumani bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bo‘yicha viloyatda eng oldingi qatorlarda bormoqda.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 8 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs