Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
“Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichida tuman vakili faxrli o’rinni qo’lga kiritdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shib kelayotgan yuksak ma’naviyatli oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda Termiz tumanidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Komila Abdullayeva ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni egalladi.

Tuman hokimligi Komila Abdullayevani ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs