Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Keksalar doimo e’zozda

Xalqimizning qon-qoniga keksalarni e’zozlashgan singib ketgan. Ularning hurmatini joyiga qo‘yib, doimo elda azizlash maqsadida hukumat tomonidan turli tadbirlar, dasturlar qabul qilinib ijro etib kelinmoqda. “Noyabr oyi – keksalar turizm oyligi” loyihasi ham shular jumlasidan.

Loyiha doirasida Termiz tumanidagi barcha mahallalarda turli ko‘ngilochar, madaniy, sport hamda sayohat tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi tadbirlar tumandagi “Yangi hayot” va “Soliobod” mahallalarida tashkil etildi. Tadbir avvalida ertalabki badantarbiya mashqlari bajarilib, “Har kuni besh ming qadam” shiori ostida yurish tadbirlari o‘takzildi. Tuman markazida tashkil etilgan veloyo‘laklar bo‘ylab velosipedda sayohat tashkil etildi.

Tadbir yakunida “Nuroniylar maskani”da keksalarimiz dildan suhbat qilib, dam olishdi.

Bu kabi tadbirlar tuman bo‘ylab noyabr oyi davomida muntazan o‘tkazib boriladi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs