Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hududlarni obod etish, so‘lim manzaralar tashkil etib, ekologik muvozanatni ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Bu hayrli ishga barcha birdek kirishgani boismi hududlar kundan kunga fayzli ko‘rinish kasb etib, obod manzillarga aylanmoqda.
“Surxondaryo agroservis MTP” MChJ tomonidan Termiz tumanida 2 gektar maydonda 5 ming dona anor va yong‘oq ko‘chatlari o‘tkazildi. Loyihani amalga oshirish uchun 52 nafar ko‘ngill yoshlar jalb qilindi.
Loyiha haqida batafsil “Surxondaryo” VTRKning “Diyor” informatsion dasturida efirga uzatilgan lavhada tanishish mumkin.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025