Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Jarqo‘rg‘onlik mahalla raislari Termiz tumanida bo‘lishdi

Termiz tumanida issiqxona xo‘jaligi va tomorqadan foydalanish madaniyati yaxshi rivojlangan. Ayniqsa tumanning “Namuna”, “M.Eshtemirov” va “Qahramon” kabi mahallalarida aholisi tomorqadan unumli foydalanib keladi.

Kuni-kecha Jarqo‘rg‘on tumanidan bir guruh mahalla raislari hamda xodimlari Termiz tumaniga tashrif buyurishib, “Namuna”, “M.Eshtemirov” va “Qahramon” mahallalarida aholining tomorqadan foydalanish madaniyati, mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb etish tajribasini o‘rganishdi.

Jarqo‘rg‘onlik mehmonlarga mahallalardagi ilg‘or issiqxona xo‘jaliklari tashkil etgan xonadonlar bilan tanishtirildi va ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlarimiz issiqxona faoliyatini olib borish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bundan tashqari xonadonlarda yo‘lga qo‘yilgan chorvachilik, parrandachilik va boshqa tadbirbirkorlik yo‘nalishlari bilan ham tanishildi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs