Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Ichki yo‘llar ta’miri davom etmoqda

Tumanda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, navbat asosida mahallalarda hashar yo‘li bilan tuproq yo‘llar toshlanmoqda.

Tumanning 2-Sektorida joylashgan “Ayritom” va “Istiqlol” mahallasida tuman prokurori, 2-Sektor rahbari tashabbusi bilan tuman hokimligi ko‘magida tuproq yo‘llarga shag‘al-tuproq aralashmasini to‘shash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Hasharga tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda boshqa homiy korxonalar ishchi xodimlari va texnikalari jalb qilindi.

Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hashar ishlari tumanning boshqa mahallalarida ham navbat bilan amalga oshirilib boriladi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs