Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz

Yosh avlodni ma’naviyat va ma’rifatli etib tarbiyalash o‘zbek millatining qon-qoniga singib ketgan. Yosh avlodni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash va ularni jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borishga o‘rgatish esa ezgu g‘oyalarimizdan biri sanaladi.

Bugun tumandagi 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda boshqa aloqador tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda 12-17 yoshdagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida rasmlar tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan chizilgan ijod namunalari hakamlar tomonidan saralanib, g‘oliblar aniqlandi va tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh ijodkorlar joriy yil 18 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida ishtirok etishadi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs