Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Ko‘p yillik muammolar o‘z yechimini topmoqda

Aholi kayfiyatiga ta’sir qiluvchi umumfoydalanuvdagi xizmatlardan biri bu yo‘llar hisoblanadi. Kelib tushadigan murojaatlarning salmoqli qismini ham ichki yo‘llarni ta’mirlash, tuproq yo‘llarni toshlash yoki asfaltlash masalalari tashkil etadi.

Keyingi 6 yil davomida ushbu sohaga davlat tomonidan e’tibor qaratilishi, ichki yo‘llarni toshlash, toshlangan yo‘llarni asfaltlash miqdori karrasiga ko‘paytirilib, mahallalarda toshlanmagan va ta’mirlangmagan ko‘chalar bo‘lmasligiga harakat qilinmoqda. Shu maqsadda tumanning barcha mahallalarida navbat bilan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Kuni-kecha tumanning “Mustaqillik” mahallasida navbatdagi 2,8 km ichki yo‘lga tosh to‘kilib, tekislash ishlari amalga oshirildi. Maxsus texnikalar yordamida toshlangan yo‘llar sifatli tekislanib, presslandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs