Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish

Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashning eng samarali yo‘li bu – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko‘plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi. 

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.

Yurtimizda tadbirkorlik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlanayotganligi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga doir qonunchilik bazasi takomillashtirib borilayotganligini ko‘rib-bilib, viloyatimiz fuqarolarining tadbirkorlikka ishtiyoqi tobora ortib bormoqda.

Xususan, joriy yilning 1 sentabr holatiga tumanda 1995 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekti ro‘yxatga olinib, ularning 492 tasi savdo, 293 tasi sanoat, 248 tasi qurilish va 419 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari,  55 ta tashish va saklash  korxonalar  va 329 tasi boshqa turdagi tashkil etadi.

Termiz tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.To‘raqulova

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs