Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlari monitoring qilindi

Termiz tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha ob’ektlarida isitish tizimlari, energiya ta’minoti bo‘yicha muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Bugun tuman prokurori Botir Oltiboyev tuman tibbiyot birlashmasida isitish tizimining ishlash holati, shifoxonada davolanayotgan bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Tuman tibbiyot birlashmasi markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan bo‘lib, tabiiy gaz yordamida isitiladi.

Shuningdek, birlashma tarkibiga kiruvchi poliklinika, QOP va boshqa tibbiyot muassasalarida jami 178 tonna ko‘mir mahsuloti zaxira kilingan bo‘lib, isitish tizimlarini barqaror ishlashi ta’minlangan. Bundan tashqari shifoxonani doimiy elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida 220 va 380 kvt elektr toki yetkazib berish quvvatiga ega zaxira generatorlari mavjud.

O‘rganish davomida prokuror har bir xonaga o‘zi kirib isitish tizimlarini ishlayotganligi, xonaning me’yor talablarida isitilganligini nazorat qildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs