Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Yoshlarga ID-kartalar tantanali topshirildi

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tumanda istiqomat qiluvchi, 16 yoshga to‘lgan bir guruh yoshlarga ID-kartalar tantanali topshirildi.

Yoshlarga Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ilk bor ID-karta olayotgan yoshlarga kitoblar ham topshirildi.

Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan joriy 2022 yilda 1 ming 409 nafar 16 yoshga to‘lgan yoshlar uchun ID-kartalar topshirilgan bo‘lib, ularning 690 nafarini qizlar tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, ID-karta olish yoki almashtirish uchun fuqarolar respublikaning istalgan Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va hududlardagi davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs