Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Chegaraoldi hududlarda “Vatan ostonasi” shiori ostida festivali davom etmoqda
Tadbirlar / 2023-09-16

Termiz tumanidagi 35-sonli umumtaʼlim maktabida “Vatan ostonasi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bo‘lim boshlig‘i Mahfirat Zikirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, aktyor Alisher Otaboyev hamda xonanda Alisher Hamroyevlar ishtirok etishdi.

Ijodiy uchrashuvda mahalla ahli va yoshlar el ardog‘idagi ijodkorlar bilan dildan suhbatlashishdi, kuy-qo‘shiqlarini tinglab, raqslarga tushishdi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs