“Vatan ostonasi” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbir Termiz tumanida joylashgan chegara qo‘riqlash qismida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida chegarachilar va ularning oila aʼzolari bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Taniqli ijodkor va sanʼatkorlar ona Vatanni himoya qilishdek sharafli ishga bel bog‘lagan harbiylar va ularning turmush o‘rtoqlariga minnatdorlik bildirishdi.
Ijodiy jamoa shuningdek, chegara qo‘riqlash vzvodidagi harbiy askarlar bilan ham uchrashuv o‘tkazishdi.
Mazkur chegara qo‘riqlash vzvodiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2023