Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
Tadbirlar / 2023-09-29

Termiz tumanidagi “Surxon” tantanalar saroyida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda taʼlim tashkilotlari mutasaddilari, eng ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Tantanali bayram tadbirida tumani hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi va bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimining faxriy yorliq va sovg‘alarini topshirdi.

To‘kin dasturxon atrofida davom etgan bayram tantanalarida tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs