Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Xotin-qizlar jinoyatchiligini oldini olish va unga qarshi kurashish choralari yuzasidan tadbir tashkil etildi
Tadbirlar / 2024-02-10

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi ayniqsa xotin-qizlar jinoyatchiligi va huquqbuzarligini barvaqt oldini olishga doir keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz tuman hokimligida “Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bugunning dolzarb muammosi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning bandligini ta’minlash, tumanda xotin-qizlar jinoyatchiligiga butunlay barham berilgan hududga aylantirish, buning uchun tegishli soha xodimlari bilan profilaktik tadbirlarni ko‘chaytirish lozimligiga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, mas’ullarga mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs