Termiz tumanidagi 3-sektor hududidagi 1-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.
Termiz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mahalla faollari, ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan “Otalar yig‘ilishi”da farzand ta’lim-tarbiyasida oiladagi muhitning ahamiyati, otalarning farzand oldidagi mas’uliyati haqida o‘zaro fikr almashishdi.
Shuningdek, davra suhbatida otalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini ko‘chaytirish, bilim olishda qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish borasidagi taklif va murojaatlarini tingladi.
Yig‘ilish so‘nggida eng faol va zukko o‘quvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomasi topshirildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2024