Termiz tumani hokimligi tashabbusi bilan harbiy qismlar, Yoshlar ishlari agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 14-sonli maktabda yoshlar uchun harbiy-Vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
O‘quvchi yoshlarning Vatanga daxldorlik hissini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov boshchiligida sektor rahbarlari, mutasaddilar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.
Yoshlardagi Vatanparvarlikni yanada mustahkamlash, yurt ravnaqiga daxldorlik xissini oshirishda bu kabi tadbirlar muhim o‘rin tutadi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2024
1 izoh