Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
O‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi
Tadbirlar / 2024-03-12

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazib kelinmoqda.

Termiz tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o'yinining “Milliy Gvardiya Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi kubogi” saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Musobaqada maktabning yuqori sinf o'quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan musobaqada maktabning 10-sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 12 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs