Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi
Tadbirlar / 2024-03-13

Aholini ijtimoiy himoya qilish va xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilib, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida shahar va tumanlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun Termiz tumanida ham “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov, mas’ullar, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda aholi farovonligi va inson qadr-qimmatini yuksaltirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshrilayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida mehmonlar markazi binosida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishishdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs