Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla: Termiz tumanidagi 5 ta mahallada mezon asosida ishlar amalga oshirildi
Tadbirlar / 2024-03-22

Xabar berilganidek, tumanimizdagi 5 ta mahallada, “Qo‘ng‘irot”, “Mustaqillik”, “Quyoshli yurt”, “Yangiobod” va “Guliston” mahallalarida mezon asosida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bugun obod maskanga aylangan ushbu mahallalarda “Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari o‘tkazildi.

Tadbirlarda tuman hokimi Shuhrat Nazarov boshchiligidagi tuman sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tuman faollari videokonfrensaloqa shaklida viloyat hokimi bilan muloqot qilib, Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi uchun yaratilgan qulayliklar va yangilanishlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Tuman hokimi mahallalarda bo‘lib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalak hamda sayl tadbirlarida ham ishtirok etdi, faollar va nuroniylar bilan suhbatlashdi. Sayl ishtirokchilarini Muborak Ramazon oyi hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami bilan tabrikladi.

Tadbir ishtirokchilari yurtimiz tinchligi, dehqonchiliklarimiz barokati hamda Navro‘zi olam, sharqona yangi yilimizning fayzli kelishini tilab duoga qo‘l ochishdi.

2 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs