Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida pilla yetishtirish mavsumiga start berildi
Tadbirlar / 2024-04-18

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumda Termiz tumani pillakorlari jami 2,5 ming quti ipak qurtini boqib, 154 tonna pilla yetishtirishni maqsad qilishgan. Bugun birinchi mavsum uchun ipak qurti boqishga start berildi.

“Termiz Agro pilla” MChJning Yangiariq filialida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Shuxrat Nazarov, viloyat hokimining o‘rinbosari Zulxumor Xidorova, tuman sektor rahbarlari, pillachilik sohasi mas’ullari, respublika vakili, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, xotin-qizlar faollari hamda ko‘p yillik tajribaga ega pillakorlar ishtirok etishdi.

Mutasaddilar pilla yetishtirishning zamonaviy usullari, imkoniyat va imtiyozlari hamda boshqa masalalar yuzasidan pillakorlarga ma’lumot berishdi.

Shundan so‘ng, ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan pillakorlar hamda fermer xo‘jaliklari vakillariga ipak qurti urug‘lari tarqatildi. Bugundan Termiz tumanida joriy yil hosili uchun birinchi mavsum ipak qurtini boqish ishlari boshlandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs