Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
DXX kubogi musobaqalarining Termiz tumani bosqichiga start berildi
Tadbirlar / 2024-04-18

Bugun Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskani o‘yingohida sportning futbol, mini futbol hamda shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining tuman bosqichi musobaqalari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda tuman hokimi Shuhrat Nazarov boshchiligida sektor rahbarlari, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi va sport bo‘limlari mas’ullari, mahallalardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimi va DXX tuman bo‘limi boshlig‘i so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidlashdi hamda musobaqa ishtirokchilariga omadlar tilashdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan musobaqalarda o‘g‘il bolalar sportning futbol va mini futbol, qiz bolalar mini futbol hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi.

Musobaqaning sektor bosqichi joriy yil 22-apreldan boshlanadi.

Tumanimizning barcha yoshlarini DXX kubogi musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs