Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Uchqizil suv omborida taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi
Tadbirlar / 2024-04-23

Termiz tumani “Uchqizil” suv omborida hududida bahor-yoz mavsumida suv toshqinlari hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, milliy gvardiyaning tuman bo‘limlari, elektr va gaz ta’minoti korxonalari hamda viloyat suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotida obyekt hududida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda boshqa tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishda FVDqTlarining o‘zaro hamorlikdagi harakatini muvofiqlashtirish bo‘yicha sinov mashqlari o‘tkazildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs