Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi
Tadbirlar / 2024-04-23

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘in Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel-suv toshqinlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan qator vazifalar belgilab berildi.

Mazkur yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimovning ko‘rsatmalariga asosan bugun Termiz tumanidagi “Yangi hayot” mahallasi hududida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida "Sel-suv toshqinlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish" mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda turli tabiiy va texnogen hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda FVDqT kuch tuzilmalari tarkibi va texnikalarning hamkorlikdagi harakatini muvofiqlashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda taktik mashg‘ulotlar bajarildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs