Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanidagi 31 ta maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi
Tadbirlar / 2024-05-25

Bugun 25-may – tumanimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, 29 ta umumta’lim va 2 ta ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarida 1 ming 188 nafar 11-sinf bitiruvchilari o‘qishni yakunlamoqda.

Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov Qahramon mahallasi hududida joylashgan 5-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tuman hokimi bitiruvchilarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, ularga katta hayotda omad va oq yo‘l tiladi. Iqtidorli o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs