Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Seminar-trening: Bolalar tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan foydadanish muhimdir!
Tadbirlar / 2022-08-12

Ta’lim tarbiyaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, bolalarning barkamol inson bo‘lib kamol topishida maktabgacha ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan yurtimizda maktabgacha ta’lim islohoti ustuvor vazifalardan biri sanalib, keyingi olti yil davomida tizimda misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’limiga e’tibor kuchaytirilib, tarbiyachilarning tajriba va bilimlarini muntazaam oshirib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Tashkil etilayotgan turli seminar treninglar esa bog‘chalarda yo‘lga qo‘yilgan samarali tajribalarni ommalashtirish hamda tarbiyachilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga xizmat qilmoqda.

Bunun Termiz tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish” mavzusida viloyat miqyosidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Viloyat maktabgacha ta’limi boshqarmasi va uning Termiz tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda Termiz tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlarning amaliy-ko‘rgazmaviy namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’uli Nargis Eshmurodova, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Mexriniso Kenjayeva va metodistlar, tashkilot direktorlari hamda tarbiyachilar ishtirok etishdi.

Seminarda samarali yo‘lga qo‘yilgan metodlar va pedogogik texnologiyalar tanlab olinib, viloyat miqyosida ommalashtirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining viloyat darajasida hamkorligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs