Termiz tumanidagi 1-sektor hududidagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirokida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.
Sektor rahbari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda maktab o‘quvchilarining ota-onalari, ustoz-murabbiylari ishtirok etishib, yosh avlodning taʼlim-tarbiyasida oiladagi muhitning ahamiyati, otalarning farzand oldidagi masʼuliyati haqida o‘zaro suhbatlashishdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi, fanlarni o‘zlashtirishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasbga yo‘naltirish borasida fikr-mulohaza yuritildi.
Shu bilan birga o‘qituvchilarning ham taklif va mulohazalari tinglanib, ularga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2023