Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yilga reja qilinmoqda

Mustaqillik yillaridagi ilk demografik ro‘yxatlash 2026-yil 15-iyulidan 21-avgustigacha o‘tkazilishi mumkin. Farmon loyihasiga ko‘ra, buning uchun bosh vazir raisligida respublika komissiyasi tuziladi. Ro‘yxatga olish ishlari uchun planshetlar va dasturiy mahsulotlar Jahon bankining imtiyozli kreditlari hisobidan sotib olinadi. Respondentlardan olingan ma’lumotlar sir saqlanadi.

Statistika agentligi "O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Loyiha bilan, aholini ro‘yxatga olishni 2026-yilning 15-iyulidan 21-avgustigacha o‘tkazish taklif etilmoqda.

Buning uchun bosh vazir raisligida respublika komissiyasi, shuningdek, hududiy rahbarlar raisligida hududiy komissiyalar tashkil etiladi.

Aholini ro‘yxatga olish planshet qurilmalari yordamida o‘tkaziladi. Buning uchun zarur texnik va dasturiy vositalar 2024-2026-yillarda Jahon bankining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi.

Aholini ro‘yxatga olishda "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonun va shu sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etilishi, respondentlardan olingan ma’lumotlarning sir saqlanishi ta’minlanadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Mahallalar uyushmasi va Kadastr agentligi 2025-yil 1-iyulgacha aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazishi kerak.

Oliy Majlis palatalariga 2025-yil 1-sentabrdan 2026-yil 1-sentabrga qadar respublika bo‘ylab ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini o‘zgartirish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish ishlarini vaqtincha to‘xtatib turish tavsiya etilishi mumkin.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs